. UZS

Bepul bagaj me’yori tarif sinfi va yo‘nalishga bog‘liq. Yo‘lovchilarga odatda quyidagilarni tashishga ruxsat beriladi:

Belgilangan miqdordagi ro‘yxatdan o‘tgan sumkalar (masalan, 1 yoki 2 o‘rin), har biri 23 kg / 32 kg gacha (tashish me’yori yo‘nalishga bog‘liq) va 158 sm gacha (uzunlik + kenglik + balandlik yig‘indisi).

8 kg gacha va 115 sm gacha bo‘lgan bitta qo‘l yuki. Bunda 115 sm uch o‘lcham yig‘indisini (uzunligi + eni + balandligi) anglatadi (55 × 35 × 25 sm). Aeroportda maxsus o‘lchov ramkasi yordamida tekshiriladi — barcha qo‘l yuki kalibratorga (o‘lchov qurilmasiga) kuch ishlatmasdan, bosimsiz, deformatsiyasiz yoki tiqib joylashtirmasdan erkin sig‘ishi kerak.
Muhim!
26.10.2026 dan BASE tariflarida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- 1 dona shaxsiy buyum — 3 kg gacha;
- maksimal o‘lchami — 30×40×20 sm.
Yo‘lovchi quyidagi buyumlarni havo kemasi salonida qo‘shimcha haq to‘lamasdan va tortmasdan olib o‘tish huquqiga ega, agar ular yo‘lovchi yonida bo‘lsa va asosiy qo‘l yukiga joylashtirilmagan bo‘lsa:
Go‘daklar (2 yoshgacha) bilan birga sayohat qilayotgan yo‘lovchilar havo kemasi salonida bolaga tashish davomida (parvoz va transfer vaqtini ham o‘z ichiga olgan holda) iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan bolalar ovqatini (jumladan ona suti, quruq va suyuq aralashmalar, pyurelar, sharbatlar va suv) bepul olib o‘tish huquqiga ega. Mazkur oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘l yukidagi suyuqliklarni tashishga oid cheklovlar tatbiq etilmaydi.
Hajmi 100 ml dan ortiq bo‘lgan idishlarda bolalar ovqatini shaffof yopiladigan paketlarga joylashtirmasdan tashishga ruxsat etiladi.
Yo‘lovchiga hujjatlar va qimmatbaho buyumlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan bir dona erkaklar yoki ayollar sumkasini bepul olib o‘tishga ruxsat beriladi, bunda qo‘l yuki va bunday sumkaning umumiy og‘irligi 8 kg dan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq, litiy batareyalarini o‘z ichiga olgan shaxsiy kompyuterlar va boshqa gadjetlar faqat yo‘lovchi salonida tashilishi kerak. Mazkur qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagajga topshirish taqiqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan buyumlar (qo‘l yukidan tashqari) bagaj birkalari bilan markalanmaydi va butun parvoz davomida yo‘lovchining shaxsiy nazorati va javobgarligi ostida bo‘ladi.
Agar tashish bir nechta Tashuvchi tomonidan amalga oshirilsa, ularning har biri o‘z tashish qoidalari va shartlarini, tariflarni qo‘llash qoidalarini, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yukiga oid talablarni qo‘llash huquqiga ega. Boshqa Tashuvchining reyslariga chipta rasmiylashtiruvchi Tashuvchi faqat ushbu Tashuvchining agenti sifatida harakat qiladi.
Pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va hujjatlar yo‘lovchi tomonidan o‘zi bilan olib yurilishi va bagajga topshirilmasligi kerak.
Yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘ziga tegishli barcha bagaj, qo‘l yuki va shaxsiy buyumlarni taqdim etishi shart.
Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj yo‘lovchi tomonidan to‘langan tarif uchun belgilangan bepul bagaj me’yoridan oshsa va/yoki qo‘shimcha haq evaziga tashiladigan maxsus toifadagi bagaj tashilayotgan bo‘lsa, yo‘lovchi bunday bagaj uchun Tashuvchi tomonidan belgilangan va e’lon qilingan stavkalar bo‘yicha haq to‘lashi shart.
Agar yo‘lovchi salonida tashilayotgan bagaj vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa yoki salon bagajiga nisbatan Tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga boshqa jihatdan mos kelmasa, yo‘lovchi bunday bagajni Tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan tartib va shartlarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida topshirishi shart.
Agar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yuki uchun Tashuvchi tomonidan belgilangan vazn va o‘lcham me’yorlaridan oshib ketgan bagajni tashish uchun haq to‘lashdan bosh tortsa, Tashuvchi bunday yo‘lovchi bilan havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.
Yo‘lovchi o‘ziga tegishli qo‘l yukini havo kemasining bagaj-yuk bo‘limida tashish to‘g‘risida murojaat qilishi mumkin. Agar bunday qo‘l yuki belgilangan qo‘l yuki me’yorlariga mos kelsa, u qo‘shimcha to‘lovlarsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinishi mumkin.
Tashuvchi tomonidan belgilangan vazn va/yoki o‘lcham me’yorlaridan oshadigan qo‘l yuki qo‘shimcha to‘lovlar evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi.
Duty Free bo‘yicha
Ikki yoki undan ortiq sumka, quti yoki boshqa bagaj buyumlarini bir-biriga bog‘lab yoki o‘rab, bitta bagaj o‘rni (1PC) sifatida topshirish mumkin emas. Har bir bagaj alohida o‘rin sifatida qabul qilinadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

4-sentyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent — Yekaterinburg yo‘nalishidagi ilk muntazam reysni amalga oshirib, tarixiy voqeani qayd etdi. Havo kemasining Yekaterinburg aeroportida suv arkasi va tantanali marosim bilan qarshi olinishi yangi xalqaro yo‘nalish ochilishining muhimligini tasdiqladi.O‘zbekiston poytaxti va Rossiyaning kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi shahri, Uralning sanoat, biznes va madaniyat markazi o‘rtasida muntazam reyslarning yo‘lga qo‘yilishi biznesni rivojlantirish, madaniy almashinuvni mustahkamlash va turistik aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.Yekaterinburg boy madaniy merosi bilan sayyohlar va ishbilarmonlarni o‘ziga jalb qiladi: shaharda mashhur Ermitaj filiali, qiziqarli muzeylar va jahon darajasidagi teatrlar mavjud, shuningdek, muntazam ravishda yirik festival va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.• Uchish kuni: juma, haftasiga bir marta• Aviachipta narxi: bir tomonga 1,8 mln so‘mdan• Maxsus taklif: sayt va mobil ilovada bron qilinganda tarifdan 5% chegirmaAviachiptalar centrum-air.com rasmiy saytida va App Store hamda Google Play’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Centrum Air mobil ilovasida mavjud.
3 Sentabr, 2026

2026-yil 3-sentyabr kuni Centrum Air Toshkent va Ufa o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Ufa aeroportid ilk reysning tantanali marosim va bayramona tadbir bilan kutib olinishi O‘zbekiston poytaxti va Volgabo‘yining eng yirik madaniy markazlaridan biri o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini ifodalaydi.Yangi yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi qulay ko‘prikka aylanib, tadbirkorlar, talabalar va sayyohlarning safarlarini yengillashtiradi. Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ishbilarmonlik hamkorligi va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.Ufa — go‘zal Belaya daryosi bo‘yida joylashgan Volgabo‘yining eng yirik madaniy markazlaridan biri. Shahar o‘zining boy tarixi va ko‘p millatli muhiti bilan sayyohlar hamda ishbilarmonlarni o‘ziga jalb qiladi. Ufa an’anaviy boshqird madaniyatini asrab-avaylash markazi bo‘lib, butun Rossiyada e’tirof etilgan milliy boshqird taomlari bilan mashhur.Toshkent — Ufa yo‘nalishidagi muntazam reyslar 2026-yil 3-sentyabrdan yo‘lga qo‘yildi:Parvoz kunlari: payshanba va yakshanba, haftasiga 2 martaAviachipta narxi: 2,3 mln so‘mdanMaxsus taklif: sayt va mobil ilova orqali xarid qilinganda tarifdan 5% chegirmaAviachiptalar centrum-air.com rasmiy sayti hamda App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Centrum Air mobil ilovasida mavjud.
2 Sentabr, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi 3-sentyabr kuni Toshkent — Karachi yo‘nalishidagi ilk reysni amalga oshirib, o‘z tarixida yangi sahifa ochdi. Havo kemasining Karachi xalqaro aeroportida tantanali kutib olinishi yangi xalqaro yo‘nalish ochilishining ahamiyatini tasdiqladi.O‘zbekiston poytaxti va Pokistonning asosiy moliyaviy, sanoat va savdo markazi o‘rtasida muntazam reyslarning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakatning ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sohasidagi hamkorligini mustahkamlash va turistik aloqalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.Toshkent — Karachi yo‘nalishidagi reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi:• Uchish kunlari: payshanba va shanba• Aviachipta narxi: 1,7 mln so‘mdan• Maxsus taklif: sayt va mobil ilovada bron qilinganda tarifdan 5% chegirmaAviachiptalar centrum-air.com rasmiy saytida va App Store hamda Google Play’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Centrum Air mobil ilovasida mavjud.
2 Sentabr, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan