. UZS

Etika va komplayens

Kompaniyamiz uchun komplayens, shaffoflik va ishbilarmonlik etikasi tamoyillari shunchaki rasmiy talablar emas, balki barqaror va mas’uliyatli biznesning asosidir.

Barcha jarayonlarni xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lishini kafolatlash, xatarlarni minimallashtirish hamda hamkorlarimiz, mijozlarimiz va investorlarimiz ishonchini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

Hamkorligimizni quyidagi tamoyillar asosida quramiz:

Compliance First. No Compromise

Barcha amaldagi qonunlar, xalqaro normalar va ichki standartlarga rioya qilish mutloq talabdir. Komplayens faoliyatning barcha darajalarida o‘rnatilgan siyosat, tartib-taomillar va nazorat mexanizmlari orqali ta’minlanadi.

Human Rights First

Inson huquqlarini hurmat qilish kompaniya faoliyatining poydevoridir. Majburiy mehnatdan foydalanish, odam savdosida ishtirok etish yoki inson huquqlarining har qanday ko‘rinishdagi buzilishiga mutlaq yo‘l qo‘yilmaydi.

Sanctions Aligned Operations

Hamkorlik faqatgina sanksiyaviy, eksport va bojxona qonunchiligiga muvofiq keladigan kontragentlar bilan amalga oshiriladi. Sanksiyaviy xatarlari mavjud bo‘lgan har qanday operatsiyalar butunlay istisno qilinadi.

Full Transparency. Total Accountability

Barcha hodisalar va ehtimoliy qoidabuzarliklar majburiy va o‘z vaqtida ochiqlanishi shart. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar to‘liq, aniq va ishonchli bo‘lishi lozim.

Zero Corruption. Zero Tolerance

Korrupsiyaning har qanday shakliga, jumladan poraxo‘rlik, noqonuniy manfaatlar va qaror qabul qilishga ta’sir o‘tkazishga qat’iy taqiq amal qiladi. Halollik va ishbilarmonlik etikasi tamoyillari barcha xodimlar va hamkorlar uchun majburiydir.

Audit Ready. Always

Faoliyat shaffof tarzda, tegishli hujjatlashtirish va ichki hamda tashqi tekshiruvlarga doimiy tayyor holda olib boriladi. Komplayens talablarining buzilishi jiddiy holat sifatida ko‘rib chiqiladi.

KYC Driven. Risk Controlled

Hamkorlikni boshlashdan avval hamkorlarning biznes tuzilmasi, faoliyati va geografiyasini tahlil qilishni ko‘zda tutuvchi “O‘z mijozingni tani” (KYC) tamoyili qo‘llaniladi.

Ownership. Transparency and control

Yakuniy benefitsiar mulkdorlar (UBO) aniqlanadi, PEP-statusi (siyosiy ta’sir doirasidagi shaxslar) tekshiriladi, ishbilarmonlik obro‘si va vakillarning vakolatlari tahlil qilinadi. Hamkorlik faqat sanksiyaviy cheklovlar mavjud bo‘lmaganda va to‘liq due diligence jarayonidan o‘tilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

AML Protection Built-In

Pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga nisbatan nol tolerantlik siyosati amal qiladi. Hamkorlik faqatgina mablag‘larining kelib chiqishi qonuniy ekanligi tasdiqlangan tekshiruvdan o‘tgan kontragentlar bilangina mumkin.

Control. Culture. Compliance

Xatarlarni muntazam baholash va ularni minimallashtirish choralarini joriy etuvchi komplayens-nazorat va ichki audit tizimi faoliyat ko‘rsatadi.

Deep Due Diligence. Verified Partners

Kontragentlarning kompleks tekshiruvi (due diligence), jumladan moliyaviy, bank va soliq ma’lumotlari hamda mulkdorlik tuzilmasini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

TrustLine. Protected

Halollik va shaffoflik madaniyati shakllantiriladi, qoidabuzarliklar haqida xabar berish rag‘batlantiriladi va xabar beruvchilarning himoyasi ta’minlanadi. Hamkorlar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik ochiq va mas’uliyatli tarzda olib boriladi.

Odamlarga yo‘naltirilgan qadriyatlar

Biz biznesni qanday olib borishimizni va hamkorlarimiz, xodimlarimiz va uchinchi tomonlardan nimani kutishimizni belgilaydigan kodeksni joriy qildik.

People
People and Out Core

Biz qilayotgan barcha ishlarimizda odamlarni markazga qo‘yamiz: xavfsizlik, servis, madaniyat va qaror qabul qilish — barchasi odamlardan boshlanadi.

Stats
Ownership Mindset

Biz natijalar, sifat va harakatlarimiz ta’siri uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.

Handshake
Trust and Integrity

Biz ochiq va halol munosabatlarni yo‘lga qo‘yamiz, ishonch hamkorlikning asosi bo‘lgan muhitni yaratamiz.

Idea
Proactive Excellence

Biz tashabbus ko‘rsatamiz, yechimlar izlaymiz, proaktiv harakat qilamiz va har kuni yaxshilanishga intilamiz.

Settings
Business Awareness

Biz harakatlarimiz mijozlarga, brendga, operatsion samaradorlikka va moliyaviy natijalarga qanday ta’sir qilishini tushunamiz.

Diamond
Driven to Improve

Biz detallarga e’tibor qaratamiz, g‘oyalar taklif qilamiz, xavflarni aniqlaymiz va murakkabliklarni o‘sish imkoniyatlariga aylantiramiz.

Ishonch liniyasi

Har bir murojaat maxfiylik, xolislik va adolat tamoyillariga rioya qilingan holda ko‘rib chiqiladi. Bu nafaqat alohida hodisalarga munosabat bildirish, balki ularning kelgusida takrorlanishining oldini olish imkonini ham beradi.

Xabar berish
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari