Yangiliklar

Centrum Air aviakompaniyasi Tailand reyslari uchun maxsus chegirmalarni e’lon qiladi
Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com

Centrum Air Pokistonning yetakchi sayyohlik agentliklari delegatsiyasini qabul qildi
Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.

















