Amalga oshirilgan parvoz to‘g‘risida ma’lumotnoma
Maʼlumotnoma namunasi
- Parvoz amalga oshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma xarid qilingan aviachipta va Centrum Air aviakompaniyasi reysida haqiqatda amalga oshirilgan parvoz haqidagi ma’lumotlar asosida rasmiylashtiriladi.
- Maʼlumotnomani rasmiylashtirish uchun quyidagilarni koʻrsatish zarur:
- Yoʻlovchining F.I.Sh. (aviachiptadagidek);
- aviachipta raqami;
- yoʻlovchining tugʻilgan sanasi;
- yoʻlovchining telefon raqami;
- maʼlumotnomani olish uchun email.
- Maʼlumotnoma elektron shaklda PDF formatida taqdim etiladi va ariza beruvchining email manziliga yuboriladi.
- Maʼlumotnomani rasmiylashtirish xizmati pullik asosda koʻrsatiladi. Rasmiylashtirish qiymati 60 000 so'm.
- Ma’lumotnomani rasmiylashtirish muddati — to‘lov tasdiqlangan paytdan boshlab 3 (uch) ish kunigacha. Arizani parvoz amalga oshirilgan kundan boshlab bir yil ichida topshirish mumkin.