Logo

Blog

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air o‘zbek tilining milliy portali — til.uz loyihasining rasmiy  aviatashuvchisiga aylandi

Centrum Air o‘zbek tilining milliy portali — til.uz loyihasining rasmiy aviatashuvchisiga aylandi

Centrum Air aviakompaniyasi o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bepul milliy raqamli portal — til.uz loyihasining rasmiy aviatashuvchisiga aylandi. Portal taqdimoti 2026-yil 14-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Centrum Air shevashunos mutaxassislarning O‘zbekiston hududlariga safarlarini ta’minlamoqda. Mutaxassislar ushbu safarlar davomida mahalliy shevalar va jonli xalq tiliga oid materiallarni to‘playdi, o‘rganadi va saqlab qolish ustida ishlaydi.Shevalarda mamlakatimizning har bir hududiga oid tarix, turmush tarzi va o‘ziga xoslik mujassam. Bugungi kunda ularning aksariyati faqat keksa avlodning og‘zaki nutqida saqlanib qolgan. Ularni yozib olish uchun tadqiqotchilar bevosita joylarga — shaharlar, qishloq va mahallalarga borib ishlashlari zarur. Centrum Air mutaxassislarning hududlarga yetib borishiga ko‘maklashmoqda. To‘plangan materiallar esa til.uz portalining shevalar bo‘limini boyitib, barcha uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratadi.til.uz portali lug‘atlar, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari va shevalar haqidagi ma’lumotlarni yagona platformada jamlaydi. Barcha resurslardan bepul foydalanish mumkin, asosiy materiallar bilan tanishish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Portalda matn bilan ishlash vositalari ham mavjud. Jumladan, lotin va kirill yozuvlari o‘rtasida matnlarni o‘girish hamda so‘z noto‘g‘ri yozilgan taqdirda ham uni topish imkonini beruvchi qidiruv tizimi ishlaydi.Portal maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar, jurnalistlar, tadqiqotchilar hamda o‘zbek tilidan ta’lim, ish faoliyati va kundalik hayotda foydalanadigan barcha uchun foydali bo‘ladi. Loyihaning asosiy maqsadi — o‘zbek tilini asrab-avaylash, o‘rganish va ommalashtirish, uning boy merosi haqidagi bilimlarni tizimlashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida ulardan keng foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.Loyiha «Renessans» tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish milliy markazining HAYOT Foundation ijtimoiy mas’uliyat platformasi tomonidan Madaniy Hayot yo‘nalishi doirasida, Gross sug‘urta kompaniyasi va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihaning texnik hamkori — Tilmoch. Axborot ko‘magi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan ko‘rsatilmoqda. 

14 Oktabr, 2026

Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Centrum Air aviakompaniyasi yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushirmoqda: 2026-yil 28-oktyabrdan Toshkentdan Shri-Lanka janubida joylashgan Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga (Hambantota, HRI kodi) muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar boshlanadi.Reyslar 2027-yil mart oyi oxirigacha haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 oilasiga mansub yangi va qulay samolyotlarda amalga oshiriladi.Shri-Lanka — qish cheksiz yozga aylanadigan orol. Noyabrdan aprelgacha janubiy sohillarda quruq mavsum boshlanadi. Bu davrda havo iliq va quyoshli bo‘lib, harorat +30 °C atrofida, okean suvi esa +28 °C gacha isiydi. Bu syorfing uchun eng yaxshi vaqt: Veligama va Hiriketiyadagi bir maromli to‘lqinlar yangi boshlovchilar uchun ham, tajribali syorferlar uchun ham mos keladi.Sokin hordiq ixlosmandlarini kokos palmalari bilan o‘ralgan oltinrang plyajlar, yangi tutilgan dengiz mahsulotlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri plantatsiyalardan keltiriladigan mashhur Seylon choyi kutmoqda. Shri-Lankaga unutilmas taassurotlar uchun ham borishga arziydi: Hambantota yaqinida joylashgan Yala milliy bog‘ida leopard va fillarni yovvoyi tabiat qo‘ynida ko‘rish mumkin. Mirissa sohillarida esa ko‘k kitlarni kuzatish, qadimiy ibodatxonalarda orolning boy tarixi bilan tanishish mumkin.Shri-Lanka O‘zbekiston qishini iliq okean sohillariga almashtirishni istaganlar uchun ayni muddao.Aviachiptalar narxi 4,3 mln so‘mdan boshlanadi.Aviachiptalar centrum-air.com sayti va Centrum Air mobil ilovasida allaqachon sotuvda. Mobil ilovada tarifga 5% chegirma amal qiladi (App Store va Google Play).

27 Sentabr, 2026

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Aviakompaniya Uralning yirik sanoat markaziga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda parvozlar geografiyasini yanada kengaytirdiCentrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Permga ilk tijorat reysini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishni ochdi.Kama daryosi bo‘yida joylashgan Perm Rossiyaning muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biridir. Shahar xizmat safari bilan keluvchilar uchun ham, Uralning tarixi va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishni istagan sayyohlar uchun ham qiziqarli manzil hisoblanadi.Toshkent – Perm yo‘nalishidagi reyslar dushanba kunlari amalga oshiriladi. Qulay parvoz jadvali ham ishbilarmonlik, ham sayyohlik maqsadidagi safarlar uchun mos keladi. Aviachiptalarning minimal narxi 2,1 mln so‘mdan boshlanadi.Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilinganda tarifga 5% chegirma taqdim etiladi. Ilovani iOS uchun App Store va Android uchun Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.Toshkent – Perm yo‘nalishining ochilishi Centrum Air’ning parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi hududlarga hamyonbop aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining davomi hisoblanadi. Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos xizmatlar to‘plamini shakllantirish imkonini yaratib, aviaqatnovlarni barcha uchun qulay qilish missiyasiga sodiq qolmoqda.Ilk reysning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Centrum Air jamoasining yuqori operatsion tayyorgarligi va mahoratini tasdiqlaydi.

8 Sentabr, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan