. UZS

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.
Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.
Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:
10-mart
C63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00
Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.
Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.
Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.

Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda va yangi Farg‘ona – Istanbul xalqaro yo‘nalishi ishga tushirilganini e’lon qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk parvoz 14-aprel kuni amalga oshirildi.Muntazam parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilmoqda.Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Istanbul aeroportida ilk reysni tantanali kutib olish marosimi hamda inauguratsiya tadbiri tashkil etildi.Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, dunyoning eng yirik xalqaro aviatsiya xablaridan biri va ommabop turistik manzili bilan qulay aloqani ta’minlaydi.Aviakompaniya parvozlar geografiyasini izchil kengaytirishda davom etib, yo‘lovchilarga sayohat va xizmat safarlari uchun yangi yo‘nalishlarni taklif etmoqda.
13 Aprel, 2026

Centrum Holidays operatori Centrum Air reyslari bilan Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni o‘z ichiga olgan yangi turistik mahsulot ishga tushirilganini e’lon qiladi. Dastur 2026-yilning 29-mayidan 29-sentyabriga qadar amalga oshiriladi.Parvozlar haftasiga 5 marta – dushanba, seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlariga rejalashtirilgan. Zamonaviy va keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan reyslar parvoz vaqtini qisqartirib, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.Barcha turlar onlayn sotuvda mavjud bo‘lib, sayohatchilar o‘zlariga mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin. Sotuvlar Centrum Holidays kompaniyasining parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlari shaklida amalga oshirilmoqda.Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11 700 000 so‘mdan boshlanadi.Takliflar, mehmonxonalar va uchish sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Centrum Holidays sahifalaridan olish mumkin.Ma’lumot uchun:Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880SaytInstagramTelegram
10 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi tarixiy va madaniy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbus boshlanganini e’lon qiladi. Mazkur loyiha doirasida aviakompaniya havo kemalariga buyuk tarixiy shaxslarning nomlari beriladi.Ushbu tashabbus doirasida nom berilgan birinchi havo kemasi UK32070 ro‘yxat raqamiga ega Airbus yo‘lovchi samolyoti bo‘ladi. Unga buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur nomi beriladi. Mazkur tanlov ramziy ma’noda u zotning tavallud ayyomiga to‘g‘ri keladi.Mazkur tashabbus tarixiy merosni ommalashtirishga qaratilgan bo‘lib, ajdodlarimiz tarixi va ularning hissasiga hurmatni aks ettiradi hamda kompaniya qadriyatlari va madaniy missiyasining muhim qismi hisoblanadi.Amir Temur tarixga buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida kirgan bo‘lib, uning davrida Samarqand ilm-fan, madaniyat va savdo-sotiqning muhim markaziga aylangan, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi xalqaro aloqalar esa faol rivojlangan. Bugungi kunda aviatsiya ko‘p jihatdan aynan shu missiyani davom ettirib, mamlakatlarni bog‘lamoqda, xalqaro aloqalar va madaniy almashinuvni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abduraxmanov shunday dedi:«Tariximizdagi buyuk shaxslar madaniyatlarni birlashtirgani, savdo-sotiqni rivojlantirgani va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlagani kabi aviatsiya ham shaharlar va mamlakatlarni birlashtiradi. Samolyotlarimizdan biriga Amir Temur nomining berilishi — bu merosga bo‘lgan hurmat belgisi, shuningdek, insonlarni birlashtirish hamda yangi ufqlarni ochish missiyasini davom ettirayotganimiz ramzidir».Mazkur tashabbus doirasida xoldingning barcha 25 ta havo kemasiga, jumladan, My Freighter yuk aviakompaniyasi flotiga ham ulug‘ tarixiy shaxslarning nomlari beriladi. Samolyotlar davlatchilik, fan, madaniyat va xalqaro aloqalar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan ataladi. Shu tariqa Centrum Air mamlakatning boy tarixiy merosini xalqaro maydonda tanitib, o‘ziga xos madaniy missiyani amalga oshiradi.
9 Aprel, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan