. UZS

Centrum Air Tel-Avivga parvozlarni qayta tiklamoqda

Centrum Air Tel-Avivga parvozlarni qayta tiklamoqda

26 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Samarqanddan Tel-Avivga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar qayta tiklanganini e’lon qiladi.

Parvozlar dasturi 3-maydan boshlanadi: reyslar muntazam ravishda haftasiga uch marta – seshanba kunlari Toshkentdan, chorshanba va yakshanba kunlari Samarqanddan qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Parvozlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish uchun rasmiy ruxsatnoma olingani ortidan qayta tiklandi.

Toshkent – Tel-Aviv va Samarqand – Tel-Aviv yo‘nalishlari an’anaviy ravishda yo‘lovchilar, jumladan, sayyohlik, ishbilarmonlik va shaxsiy safarlar uchun talabgir hisoblanadi. Aviatashuvlarning tiklanishi mamlakatlar o‘rtasida qulay transport aloqasini qayta yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Borish va qaytish aviachiptalari narxi 5,7 mln so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida band qilish mumkin.


Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air New-Delidagi roudshouda: Hindiston bozoridagi mavqyeni mustahkamlash

Centrum Air New-Delidagi roudshouda: Hindiston bozoridagi mavqyeni mustahkamlash

2026-yil 13-may kuni Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Nyu-Delida tashkil etilgan roudshouda ishtirok etdi. Tadbir Hindiston sayyohlik sohasining yetakchi vakillari — turagentlar, turoperatorlar va DMC-hamkorlarni birlashtirdi.Aviakompaniya jamoasi Centrum Air’ni mamlakatdagi eng yosh flotga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng yirik xususiy tashuvchisi sifatida tanishtirdi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘i va hamkorlar uchun tijoriy imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Bugungi kunda aviakompaniya Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 3 ta parvozlarni amalga oshirgan holda yo‘lovchilarga Toshkent orqali MDH davlatlari va Yevropaga yetib olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda.Tadbir yakunlariga ko‘ra, savdo hamkorlari tomonidan kelgusidagi hamkorlikka juda katta qiziqish bildirildi. Centrum Air aviakompaniya uchun eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Hindiston bozorida o‘z ishtirokini izchil rivojlantirishni davom ettirmoqda.Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air O‘zbekistonning eng yirik xususiy yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya floti 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarni amalga oshiradigan 16 ta zamonaviy tor va keng fyuzelyajli Airbus havo kemalarini o‘z ichiga oladi. Kompaniya O‘zbekistondagi o‘z xablari orqali ishonchli aviaqatnovlarni ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda.

20 May, 2026

Centrum Air Toshkent – Seul reyslarini Airbus A330 ga o‘tkazadi

Centrum Air Toshkent – Seul reyslarini Airbus A330 ga o‘tkazadi

Centrum Air yozgi mavsumga tayyorgarlik doirasida Koreya yo‘nalishini kuchaytirmoqda. 2026-yil 2-iyundan Toshkent – Seul (Incheon) yo‘nalishida Airbus A321neo o‘rniga keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyoti parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.Airbus A330 havo kemasi 347 nafar yo‘lovchini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, bu — ko‘proq joy, ko‘proq qulaylik. Havo kemasi o‘zgarishi bilan birga bagaj tashish shartlari ham kengaymoqda:Optimal tarifi bo‘yicha — har biri 23 kgdan bo‘lgan 2 ta bagaj joyiComfort tarifi bo‘yicha — har biri 32 kgdan bo‘lgan 2 ta bagaj joyiReysning keng fyuzelyajli bortga o‘tkazilishi munosabati bilan aviakompaniya maxsus taklifni ishga tushirmoqda: Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar — 4,5 mln so‘mdan boshlanadi.Chiptalarni rasmiy centrum-air.com saytida band qilish mumkin.

19 May, 2026

Centrum Air xayrli ishlarni davom ettirmoqda: ko‘zi ojizlar kutubxonasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy loyiha

Centrum Air xayrli ishlarni davom ettirmoqda: ko‘zi ojizlar kutubxonasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy loyiha

Centrum Travel Magazineʼning yangi soni his-tuygʻularga bag‘ishlangan. Ulardan biri – ko‘rish qobiliyatidir. Biroq biz his qilayotgan narsalardan ham muhimroq bo‘lgan qadriyatlar bor.Centrum Air aviakompaniyasi Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy loyiha boshladi. Dastlabki qadam sifatida kompaniya jamoasi kutubxonaga bevosita tashrif buyurib, Brayl alifbosida chop etilgan zarur adabiyotlar, kompyuter, printer va boshqa jihozlarni taqdim etdi.Bu yerda javonlar hech qachon to‘la bo‘lmaydi. Centrum Air zarur nashrlar ro‘yxatini e’lon qiladi va barcha xohlovchilarni ushbu tashabbusga qo‘shilishga chorlaydi — kitob sotib oling va uni to‘g‘ridan to‘g‘ri Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasiga topshiring. Ro‘yxatdagi kitoblarning bir qismi 12 000 so‘mdan boshlanadi.Batafsil ma’lumot va kitoblar ro‘yxati saytimizda. Bitta kitob ham — katta yordam.

19 May, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari