. UZS

Centrum Air Xitoy turizm bozori uchun taqdimot oʻtkazdi

Centrum Air Xitoy turizm bozori uchun taqdimot oʻtkazdi

20 May, 2026

2026-yil 12-may kuni Guanchjouda Centrum Air aviakompaniyasining Xitoy turizm sohasi vakillari bilan professional uchrashuvi – Airline Product Briefing Seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir besh yulduzli Jianguo mehmonxonasida aviakompaniyaning mintaqadagi hamkori – Oriental Sky Aviation koʻmagida tashkil etildi.


Seminarda turizm biznesining 120 dan ortiq vakillari: turoperatorlar, chipta sotish boʻyicha onlayn platformalar hamda korporativ trevel-menejerlar (TMC) jam boʻldi. 

Ishtirokchilarning aksariyati Guanchjoudan boʻlishiga qaramay, tadbirga boʻlgan qiziqish Guandun provinsiyasi doirasidan chiqib ketdi – uchrashuvga Pekin, Chansha va Xitoyning boshqa shaharlaridan ham agentlar tashrif buyurdi.



Seminar davomida ishtirokchilarga aviakompaniya mahsuloti haqida batafsil maʼlumot berildi:

 • Centrum Air yoʻnalishlar tarmogʻi va floti

 • Biznes-klass va bortdagi xizmat koʻrsatish standartlari

 • Toshkent va Oʻzbekistonning turistik salohiyati

 • Amaldagi parvozlar jadvali va tariflar tuzilmasi

 • Band qilish tizimi va guruhli buyurtmalar siyosati

 • OSA API orqali integratsiya

Seminar Xitoy bozorida Oʻzbekistonga boʻlgan turistik qiziqish barqaror ekanini yana bir bor tasdiqladi. Pekindan Chanshagacha boʻlgan hududlardan ishtirokchilarning kelishi Centrum Air aviakompaniyasining Xitoydagi salohiyatli yoʻlovchilari auditoriyasi faqat bitta mintaqa bilan cheklanib qolmasligidan dalolat beradi.





Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha aeroportlarda yo‘lovchilar uchun amal qiladigan yangi Priority xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi. Ushbu xizmat parvozoldi jarayonlariga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish va sayohat boshlanishini maksimal darajada qulay qilish imkonini beradi.Xizmatdan foydalangan yo‘lovchilar uchta asosiy afzallikka ega bo‘ladilar:Alohida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi — umumiy navbatlarsizBagajlarni ustuvor topshirish — tez va kutishlarsizHavo kemasiga birinchilardan bo‘lib chiqish — qo‘l yukini bo‘sh javonlarga qulay joylashtirish imkoniyatiXizmatni faollashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tish hududidagi Priority peshtaxtasiga yaqinlashish, xizmat haqini to‘lash va o‘tish taloniga Priority stikerini olish lozim. Samolyotga chiqishda ushbu stikerni aviakompaniya xodimiga ko‘rsatish kifoya.Toshkent aeroportida to‘lov ro‘yxatdan o‘tish hududida joylashgan Centrum Air aviakassasida amalga oshiriladi.Priority xizmati bir yo‘lovchi uchun parvozga kamida 24 soat qolganda to‘langanda 144 000 so‘m ($12) etib belgilangan. Kechroq to‘lov qilinganda xizmat qiymati 20% ga oshadi.Priority xizmati ayniqsa yo‘lovchi oqimi ko‘p bo‘lgan Dubay, Moskva, Frankfurt, Toshkent, Tbilisi kabi aeroportlarda juda qulaydir. Bundan tashqari, xizmat Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha boshqa aeroportlarda ham mavjud. Muayyan aeroportda xizmat ko‘rsatish tafsilotlarini aviakompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasidagi vakilidan aniqlashtirish mumkin.

23 May, 2026

Centrum Air New-Delidagi roudshouda: Hindiston bozoridagi mavqyeni mustahkamlash

Centrum Air New-Delidagi roudshouda: Hindiston bozoridagi mavqyeni mustahkamlash

2026-yil 13-may kuni Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Nyu-Delida tashkil etilgan roudshouda ishtirok etdi. Tadbir Hindiston sayyohlik sohasining yetakchi vakillari — turagentlar, turoperatorlar va DMC-hamkorlarni birlashtirdi.Aviakompaniya jamoasi Centrum Air’ni mamlakatdagi eng yosh flotga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng yirik xususiy tashuvchisi sifatida tanishtirdi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘i va hamkorlar uchun tijoriy imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Bugungi kunda aviakompaniya Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 3 ta parvozlarni amalga oshirgan holda yo‘lovchilarga Toshkent orqali MDH davlatlari va Yevropaga yetib olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda.Tadbir yakunlariga ko‘ra, savdo hamkorlari tomonidan kelgusidagi hamkorlikka juda katta qiziqish bildirildi. Centrum Air aviakompaniya uchun eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Hindiston bozorida o‘z ishtirokini izchil rivojlantirishni davom ettirmoqda.Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air O‘zbekistonning eng yirik xususiy yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya floti 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarni amalga oshiradigan 16 ta zamonaviy tor va keng fyuzelyajli Airbus havo kemalarini o‘z ichiga oladi. Kompaniya O‘zbekistondagi o‘z xablari orqali ishonchli aviaqatnovlarni ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda.

20 May, 2026

Centrum Air Toshkent – Seul reyslarini Airbus A330 ga o‘tkazadi

Centrum Air Toshkent – Seul reyslarini Airbus A330 ga o‘tkazadi

Centrum Air yozgi mavsumga tayyorgarlik doirasida Koreya yo‘nalishini kuchaytirmoqda. 2026-yil 2-iyundan Toshkent – Seul (Incheon) yo‘nalishida Airbus A321neo o‘rniga keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyoti parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.Airbus A330 havo kemasi 347 nafar yo‘lovchini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, bu — ko‘proq joy, ko‘proq qulaylik. Havo kemasi o‘zgarishi bilan birga bagaj tashish shartlari ham kengaymoqda:Optimal tarifi bo‘yicha — har biri 23 kgdan bo‘lgan 2 ta bagaj joyiComfort tarifi bo‘yicha — har biri 32 kgdan bo‘lgan 2 ta bagaj joyiReysning keng fyuzelyajli bortga o‘tkazilishi munosabati bilan aviakompaniya maxsus taklifni ishga tushirmoqda: Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar — 4,5 mln so‘mdan boshlanadi.Chiptalarni rasmiy centrum-air.com saytida band qilish mumkin.

19 May, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari