. UZS

Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalish – Toshkent–Lahor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi, ilk parvoz 2026-yil 21-aprel kuni amalga oshirildi.
Birinchi reys aeroportda aviakompaniya va hamkorlar vakillari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bilan nishonlandi. Jumladan, yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan yo‘lovchilar bayramona kutib olindi, ramziy tarzda tort kesildi va mazkur reyslarning ahamiyati alohida e'tirof etildi.

Tadbirda O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Alisher To‘xtayev, O‘zbekistonning Pokistondagi turizm elchisi, O‘zbekistonning Panjobdagi Faxriy konsuli, Centrum Air vakillari, shuningdek, Lahor aeroporti rahbariyati, immigratsiya va xavfsizlik xizmatlarining ishtirok etgani bu boradagi hamkorlik yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Yangi yo‘nalish ham turistik, ham ta’lim va ishbilarmonlik maqsadlaridagi yo‘lovchilar, jumladan, tibbiyot oliygohlari talabalari va mustaqil sayyohlar uchun mo‘ljallangan.
Haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriluvchi parvozlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qulay va ishonchli aviaga aloqani ta’minlaydi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilar Toshkent orqali boshqa xalqaro yo‘nalishlar – Frankfurt, Guanchjou, Moskva, Sankt-Peterburg hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator shaharlariga qulay almashinuv reyslaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa Toshkent mintaqaviy tranzit xabi sifatidagi rolini ham mustahkamlab bormoqda.
Pokiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish doirasida Centrum Air mamlakatning yetakchi aviatsiya hamkorlaridan biri – Gerry’s Group bosh agenti bilan hamkorlikda rasmiy vakolatxonasini ochdi.
Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi ning 1 450 000 so‘mdan boshlanishi yo‘nalishni ham sayyohlik, ham ishbilarmonlik safarlari uchun jozibador qiladi.

Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytida band qiling.

Centrum Travel Magazineʼning yangi soni his-tuygʻularga bag‘ishlangan. Ulardan biri – ko‘rish qobiliyatidir. Biroq biz his qilayotgan narsalardan ham muhimroq bo‘lgan qadriyatlar bor.Centrum Air aviakompaniyasi Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy loyiha boshladi. Dastlabki qadam sifatida kompaniya jamoasi kutubxonaga bevosita tashrif buyurib, Brayl alifbosida chop etilgan zarur adabiyotlar, kompyuter, printer va boshqa jihozlarni taqdim etdi.Bu yerda javonlar hech qachon to‘la bo‘lmaydi. Centrum Air zarur nashrlar ro‘yxatini e’lon qiladi va barcha xohlovchilarni ushbu tashabbusga qo‘shilishga chorlaydi — kitob sotib oling va uni to‘g‘ridan to‘g‘ri Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasiga topshiring. Ro‘yxatdagi kitoblarning bir qismi 12 000 so‘mdan boshlanadi.Batafsil ma’lumot va kitoblar ro‘yxati saytimizda. Bitta kitob ham — katta yordam.
19 May, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi havo floti kengayganini e’lon qiladi: 2026-yil 14-may kuni Toshkentga o‘n oltinchi bort – UK32077 ro‘yxat raqamiga ega Airbus A320-214 yetib keldi.Airbus A320 – o‘rta masofali yo‘nalishlarda o‘zini oqlagan, dunyodagi eng ishonchli va keng foydalaniladigan tor fyuzelyajli laynerlardan biridir. Havo kemasi 186 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangan boʻlib, bortda yuqori darajadagi qulaylik ta’minlangan. Yangi bort aviakompaniyaning operatsion imkoniyatlarini kuchaytiradi hmda Yaqin Sharq va MDH davlatlarining asosiy yo‘nalishlariga jalb etiladi.Aviakompaniyaning ezgu an’anasiga ko‘ra, samolyotga o‘zbek madaniyati va tarixining yirik namoyandasi nomi berildi. Mazkur bort buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi va ma’rifatparvar Alisher Navoiy nomi bilan ataldi. XV asrda yashab o‘tgan ushbu zotning merosi bugungi kunda ham o‘zbek o‘zligi va millatning ma’naviy buyukligi ramzi bo‘lib qolmoqda. A. Navoiy o‘zbek adabiyoti asoslarini yaratgan bo‘lib, bugungi kunda ham dunyodagi millionlab insonlar qalbidan chuqur joy olgan.«Flotning kengayishi – aviakompaniya o‘sishining poydevoridir. Bu yangi yo‘nalishlar, marshrutlar tarmog‘ini kengaytirish va yo‘lovchilarimiz uchun aviaqatnovlar ochiqligini oshirish demakdir. Samolyotlarga O‘zbekistonning buyuk shaxslari nomini berish orqali esa nafaqat flotni shakllantiramiz, balki global aviatsiyada mamlakatimizning ramziy ishtirokini ham ta’minlaymiz», — dedi Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov.Flotning to‘ldirilishi Centrum Air kompaniyasining parvozlar geografiyasini kengaytirish va aviatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash borasidagi izchil strategiyasini aks ettiradi.Bugungi kunda Centrum Air flotida to‘rtta nomli bort mavjud: Amir Temur (UK32070), Abdulla Qodiriy (UK67022), Beruniy (UK67009) va endilikda Alisher Navoiy (UK32077).
15 May, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com
13 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan